• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent haydovchilar uchun eng noqulay shaharmi?

    Toshkent shahri ko‘chalari mashinali aholini “uncha hushlamaydi”. Mashinali bo‘lish poytaxt aholisi uchun eng noqulay bo‘lgan “qulayliklardan” biri. Jurnalist Anora Sodiqova O‘zA sahifalarida shunday xulosaga keldi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Sababi oddiy: poytaxtning markaziy ko‘chalarida to‘xtash joyini topishning o‘zi amrimahol. Mashinangizda ishga 15 daqiqada yetib olsangiz, shahar markazida unga joy topish uchun gohida 30 daqiqa ham sarflash mumkin. Qayerga qaramang, “to‘xtash mumkin emas” belgisini ko‘ramiz. Mazkur belgilarni qisqartirish va vaqtinchalik to‘xtashga ruxsat berilishi haqida 2017-yil noyabr oyida IIBB tomonidan ma’lumotlar berilgan bo‘lsa-da, “to‘xtash mumkin emas” belgilari kamaygani yo‘q.

    “Joy topib bo‘psiz, jarima to‘lang” qabilidagi “stoyanka” Toshkent ko‘chalarida keng tarqalgan. Misol uchun, Navoiy ko‘chasi bo‘ylab yurar ekanmiz, to‘xtash uchun maxsus joylarni uchratmadik. Biroq, har qadamda “to‘xtash mumkin emas” belgilari qator-qator qo‘yilgan. Navoiy ko‘chasi, 30- uyda, nashriyot va boshqa muassasalar yaqinida mashinalar to‘planib turadi. Maxsus joy bo‘lmagani sababli, avtomobil egalari ulovni to‘xtashni taqiqlovchi belgi ostida qoldiradi.

    O‘rda tomon yurar ekanmiz, “Alisher Navoiy” kinosaroyi afishalari yonida, Yoshlar ittifoqi markaziy binosi yonida ketma-ket qoldirilgan mashinalarga guvoh bo‘lamiz. Vaholanki, ushbu yo‘llarning barida to‘xtashni taqiqlovchi belgilar bor. Mashina qoldirishga boshqa joy topa olmagan haydovchi ulovini yo‘l yuzida qoldirishdan boshqa chorasi yo‘q. Kechgachami yoki 5-10 daqiqaga bu yerda ulovini qoldirgan haydovchini qaytishda YHX xodimi kutib olib, bo‘yniga yaxshigina jarima solishi mumkin. Jarima yozib berayotgan xodim boshqa to‘xtash uchun muqobil joy ko‘rsata olmasa-da, qonunni pesh qilib sizni jarimaga tortadi. Uning vazifasi sizga joy topib berish emas, nima ham derdingiz? Jarimalar, tartib-qoidalar bor, biroq qonunni buzmaslik uchun sharoit qani?

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Poytaxtda bir qancha “soxta” to‘xtash joylarini ham uchratish mumkin. Xususan, Abay ko‘chasi, 4-stomotologiya klinikasi yaqinida mashinalar doim tirband bo‘ladi. U yerda to‘xtash uchun maxsus 2 ming so‘mlik “stoyanka” bor. “Stoyanka”da mashinalarni qoldirish uchun risoladagidek joy bo‘lmasa-da, “stoyanka 2 ming so‘m” yozuvlari bitilgan qiyshiq taxta osib qo‘yilgan. Narx arzon, berishga og‘rinmaysiz. Biroq, qiyshiq taxtani osib qo‘yganlar to‘xtash joyini epaqaga keltirish haqida o‘ylab ko‘rsalar yaxshi bo‘lardi. Shaharning yana bir nechta qismlarida bu kabi qiyshiq taxtali “stoyanka”lar mavjud. Sharoit yo‘q, lekin pullik. Bu kabi to‘xtash joylarida odatda zabonsiz ishchilar bo‘ladi. Ulardan bu “qulaylik”ni yaratib berayotgan rahbari kimligi yoki boshqa hujjatlarni so‘rab olishning ham imkoni yo‘q.

    Ayrim bozorlarning kiyim-kechak sotiluvchi tarafida maxsus mashinalar uchun to‘xtash joyi bor. Oziq-ovqatlar sotiluvchi dehqon bozori tarafdagi to‘xtash joyi esa soatiga pullik bo‘lishiga qaramasdan, maxsus “stoyanka” sifatida tartibga keltirilmagan. Alg‘ov-dalg‘ov qo‘yilgan mashinalar orasiga kirib, bir amallab joylashasiz. Mashinangiz va ichidagi buyumlar xavfsizligiga birov javobgar emas. Lekin, soatiga 2 ming so‘mdan to‘lashga majbursiz. Ba’zi hollarda, ayniqsa, ertalab “stoyanka”da velosiped qo‘yish uchun ham joy topilmaydi. Kirgan mashina arang chiqib ketadi. Lekin, shunday noqulayliklar bo‘lishiga qaramasdan ulovingizga joy topishga majbursiz. Yo‘qsa tashqarida sizni doimgidek jarima kutadi. Nafaqat ayrim bozorlar, ko‘pincha to‘yxonalarda ham shu kabi xavfli “stoyanka”lar mavjud.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    “Bilganingni qil” kabi antiqa to‘xtash joylarini odamlar o‘zlari uchun yaratib olgan. To‘xtash belgilari ko‘pligidan og‘rinamiz-u, ammo o‘zimizda ham ayb yo‘q emas. “Aloqa”, Beruniy ko‘chalarida to‘xtashni taqiqlovchi belgi yo‘q. Yo‘l chetida mashinalarni bemalol qoldirish mumkin. Bu imkoniyatdan foydalangan haydovchilar yo‘lning ikkinchi qatorida ham bamaylixotir ulovni qoldirib ketaveradi. Oqibatda mashinalar oqimi to‘silib, tirbandlik yuzaga kela boshlaydi. Ulovini yo‘lda qo‘pol tarzda “bilganingni qil” qabilida tashlab ketgan haydovchilar yo‘l to‘silib qolganiga parvo ham qilmaydi. Toshkentda bu kabi “maxsus stoyanka”lar ham uchrab turadi.

    Biz yozishni istagan so‘nggi to‘xtash joyi bu yirik supermarketlarga tegishli. Hayriyatki, yirik savdo markazlari mijozlarning mashinalari haqida qayg‘urmoqdalar va ular uchun to‘xtash joyini hozirlagan. Demak, xohish bo‘lsa, odamlar uchun ozgina qayg‘urilsa, imkon topish mumkin. Shaharning boshqa qismlarida ham avtomobilli aholiga qulaylik yaratish haqida o‘ylab ko‘rish lozim. Pala-partish “stoyanka”larni ham shundayligicha qoldirish uyatli bo‘lardi.

    05.04.2018, 12:48   Izoh (0)   35908
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent va Jizzax viloyatlarining sobiq hokimlari yana hokimlikka ishga qaytdi

    05.04.2018, 12:37

    Toshkentning yangilangan Janubiy vokzalidan ilk poyezd Buxoroga jo‘nab ketdi

    05.04.2018, 12:15

    O‘zbekistonda ilk marotaba “Transport nazorat ostida” konferensiyasi o‘tkazildi (foto)

    05.04.2018, 12:03

    Davlat xizmatlari markazlari ko‘rsatadigan xizmat turlari yana bittaga ko‘paydi

    05.04.2018, 11:52

    Toshkent xalqaro aeroportida dori vositalarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

    05.04.2018, 11:34

    Rossiyada yuz bergan YTH oqibatida 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

    05.04.2018, 11:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Kelasi oy uchun 20 mln so‘m berib tur deydi”. Sherzod Kudbiyev o‘z xodimlari oldindan soliq undirayotganini qoraladi

    Iqtisodiyot | 29 iyun, 18:35

    Ozarbayjonda Rossiyaning barcha madaniy tadbirlari bekor qilindi

    Dunyo | 29 iyun, 18:10

    Eron: Isroilning qamoqxonaga hujumida 71 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 29 iyun, 17:30

    Shavkat Mirziyoyev turkman xalqi milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 17:00

    “Diplomga qiziqish kamayishi tabiiy hol” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov abituriyentlar soni nega qisqarayotgani haqida

    O‘zbekiston | 29 iyun, 16:46

    Luis Enrike tarixdagi eng zo‘r futbolchi nomini aytdi

    Sport | 29 iyun, 16:31

    Yahudiy davlati G‘azoda 81 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 29 iyun, 16:30

    MAGATE: Eron bir necha oy ichida uranni boyitishni yana boshlashi mumkin

    Dunyo | 29 iyun, 16:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.