O‘zbekistonliklar fikricha, mahalliy mobil aloqa operatorlarida cheksiz internet-trafikli tarif rejasi yetishmaydi. Bu haqda “Mobinfo.uz” o‘zi bir oy davomida olib borgan so‘rov natijalariga tayanib ma’lum qildi.
“Mobil aloqa operatorlarida aynan qanday tarif yetishmaydi?” — degan savolga 337 kishi javob berdi, ularning 47 foizi cheksiz internet-trafikli tarif rejasi uchun ovoz berdi.
Ovozlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda — abonent to‘lovisiz tarif (29 foiz). Nashr qayd etishicha, O‘zbekistondagi hech bir mobil operatorda oylik abonent to‘lovisiz tarif mavjud emas.
So‘rov ishtirokchilarining yana 16 foizi UZ domen hududidagi bepul trafikli tarif rejasi uchun ovoz berdi.
Nihoyat, ovozlarning 8 foizi suhbatlar uchun soniyabay to‘lov to‘lanadigan tarif rejasi uchun berildi.
Izoh (0)