2-aprel kuni O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida “Xabar” Agentligi” AJ boshqaruvi raisi Almagul Axmetjanova, “Xabar” telekanali direktori Yerlan Igisinov va Kazakh TV telekanali direktori Sandugash Raimjanovadan iborat Qozog‘iston Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zMTRK raisi Alisher Xo‘jayev Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.
Suhbat asnosida mehmonlar MTRK, shuningdek uning tizimiga kiruvchi yetakchi teleradiokanallar va korxonalar faoliyati bilan tanishdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama etildi. Tomonlar o‘zaro aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish uchun keng imkoniyatlar mavjud ekanini qayd etdi.
Muzokara yakuni bo‘yicha MTRK bilan “Xabar” Agentligi” AJ o‘rtasida axborot sohasidagi hamkorlikka oid Memorandum imzolandi. Bu shubhasiz 2018-yilda Qozog‘istonda O‘zbekiston yilini o‘tkazish borasidagi tadbirlar doirasidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)