Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 1-aprel kuni tashlab ketilgan yana bir chaqaloq topildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shu kuni soat 22:00 atrofida 17-daha, 1-uy oldida matoga o‘ralgan 7-10 kunlik sog‘lom qiz chaqaloq topildi. Go‘dak Uchtepa tumanidagi ona-bola shifoxonasiga joylashtirildi.
Uning onasini aniqlash choralari ko‘rilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkentning Sergeli tumanida 3 oy ichida 3 nafar chaqaloq tashlab ketilgani bildirilgandi.
Izoh (0)