Malayziyada harbiy xizmatchi 11,9 ming dollar miqdoridagi davlat mablag‘ini o‘zlashtirgani uchun 197 yil qamoq va 79 darra urish jazosiga tortildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Kapral Muso Davi Malakka shtatidagi maxsus o‘quv markazida xizmatni o‘tagan. Tekshiruv davomida u soxta safar guvohnomalari va yo‘l hujjatlari tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi.
Noqonuniy faoliyati natijasida u atigi bir necha oy ichida salkam 12 ming dollarni hisob raqamiga o‘tkazishga ulgurdi.
Harbiy xizmatchi o‘z aybini to‘liq tan oldi.
Izoh (0)