Pokiston janubidagi Roxri shahri joylashgan omborning tomi qulashi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda DawnNewsTV’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Halok bo‘lganlar orasida olti nafar ayol va ikki nafar bolakay ham bor. Shuningdek, yana 10 kishi jarohat olgan.
Ta’kidlanishicha, qishloq xo‘jaligi bozori hududida joylashgan omborda noxush hodisa vaqtida 80 ga yaqin ishchi bo‘lgan. Qutqaruvchilar hamon vayronalarni tozalash bilan shug‘ullanmoqda. Qurbonlar soni ortishi mumkin.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tom ombor ichidagi pechning portlashi oqibatida qulagan. Shu bilan birga, ombor tomida ichi yukka to‘la qoplar bo‘lgan.
Izoh (0)