Rossiya O‘zbekiston bilan 10 dan ortiq Mi-35 vertolyotini yetkazib berishga shartnoma imzoladi. Bu haqda Rossiyaning harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmati rahbari o‘rinbosari Vladimir Drojjov ma’lum qildi, deya
xabar beradi “TASS”.

Foto: “TASS”“O‘zbekiston bilan harbiy-texnik hamkorlik juda izchil rivojlanmoqda. Kelishuvlarga muvofiq mamlakatga 10 dan ortiq Mi-35 vertolyotini yetkazib berishga shartnoma imzolangan”, — dedi Drojjov.
Oldinroq “TASS” agentligining diplomatik manbasi ikki davlat o‘rtasida 12 ta shunday vertolyot yetkazishga shartnoma imzolanganini bildirgandi.
Izoh (0)