EasyJet aviakompaniyasi xodimlari britaniyalik falaj jurnalist Sofi Morganni bo‘m-bo‘sh samolyot bortida unutib qoldirdi, deb yozadi The Daily Mail.
Layner Londonning Gatvik aeroportiga qo‘nganidan keyin 33 yoshli teleboshlovchi aviakompaniya xodimlarini 40 daqiqa kutishiga to‘g‘ri kelgan. Styuardessalar aeroport ishchilaridan biri uning nogironlar aravachasini olib ketganini aytgan. Bu vaqt ichida Morgan Twitter’ga bo‘m-bo‘sh samolyot ichida olingan selfisini joyladi.
“EasyJet bortida 40 daqiqaga qoldirishdi… Hech kim uzr so‘ramadi. Faqat qo‘pol xodimlar, xolos”, — deb yozdi Morgan.
Shundan so‘ng aeroport vakillari Twitter’da xodimlarning nomaqbul xulqi uchun uzr so‘rab, shaxsiy xabarlar bilan muloqot qilishni taklif etdi. Bunga javoban, Morgan shunga o‘xshash holatlar juda ko‘p yuz berishini aytdi.
@FrankRGardner same issue at @Gatwick_Airport today. Left on board @easyJet for 40 mins. On stuck in ambulift. No apologies. Only rude staff.. pic.twitter.com/IrhngnRH6o
— sophie morgan (@sophmorgTV) March 27, 2018
Izoh (0)