KXDR yetakchisi Kim Chen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In o‘rtasidagi muzokaralar 27-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Yonhap manbalariga ko‘ra, ikki davlat yetakchilarining muzokaralari Pxanmundjom chegara punktidagi Tinchlik uyida bo‘lib o‘tadi.
Tomonlar 4-aprel kuni sammitni tashkillash bilan bog‘liq protokol va xavfsizlik masalalarini muhokama qilish uchun ishchi uchrashuv o‘tkazish to‘g‘risida kelib oldi.
Izoh (0)