Telegram asoschisi Pavel Durov messenjer ishida kuzatilayotgan nosozlik Yevropadagi serverlarda elektr tokining uzilishi natijasida yuzaga kelganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasiga yozib qoldirdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
“@telegram serverlar klasterida elektr tokining uzilishi Yevropada muammolarni keltirib chiqardi. Biz muammoni bartaraf etish uchun ish olib bormoqdamiz, biroq ko‘p narsa ma’lumotlarni qayta ishlash markazidagi provayderning elektr qurilmalarni tartibga keltirishga bog‘liq”, — deya ma’lum qildi Durov.
Eslatib o‘tamiz, 5-mart kuni ham Telegram faoliyatida uzilish kuzatilgandi. 20-fevral kuni G‘arbiy Yevropa hududida kuzatilgan uzilish 1 soat ichida tiklangandi.
Izoh (0)