Rossiyalik kosmonavt Sergey Ryazanskiy o‘zining Instagram’dagi sahifasida Everestning Xalqaro kosmik stansiyadan turib olingan surati bilan bo‘lishdi. Suratdan dengiz sathidan salkam 9 ming metr balandlikka ega Yerdagi eng katta nuqta o‘rin olgan, deb xabar berdi “Hi-Tech.Mail.Ru”.
Sergey Ryazanskiy Nikon D5 kamerasi yordamida Xalqaro kosmik stansiyadan turib olingan suratlarini har safar o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirib keladi.
Avvalroq, Sergey Ryazanskiy Toshkent shahrining koinotdan olingan suratlari bilan bo‘lishgan edi.
Izoh (0)