Toshkent metropolitenining “Beruniy” bekatida ayol joniga qasd qilishga urindi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Hodisa 19-mart kuni soat 18:58da, poyezd oxirgi bekatda tonneldan chiqib kelayotganda ro‘y berdi.
“U relslar orasiga yiqildi, hech qanday jarohat olmadi. Hozir eski ToshMIda bo‘lib turibdi. Biz bilan gaplashishdan bosh tortdi, shuning uchun hozircha shaxsini aniqlay olmadik”, — deydi metroning navbatchi qismi xodimlari.
Ularga ko‘ra, bu 2018-yilda metroda joniga qasd qilishga urinish bilan bog‘liq ikkinchi holat: fevral boshida ham bir ayol oilaviy muammolar sabab o‘zini o‘ldirishga harakat qilgan.
“Odatda har yili ikki-uchta shunday hodisa bo‘lib turadi”, — ta’kidladi metropoliten xodimlari.
Izoh (0)