Avval xabar berganimizdek, Adliya vazirligida sudlar, sud jarayonlari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning Telegram’dagi kanalida ma’lum qilindi.
Yo‘riqnomaga asosan, sudyalarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘qotar qurol beriladi.
Shuningdek, zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi.
Izoh (0)