O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 17-mart kuni muntazam siyosiy maslahatlashuvlar amaliyoti doirasida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbat qildi, deya xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Xabar berishlaricha, 26—27-mart kunlari Toshkentda bo‘ladigan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaga doir masalalar suhbatning asosiy mavzusi bo‘lgan.
“Vazirlar tomonidan Toshkent forumiga tayyorgarlik jarayoni, mazmuniy qismi, uning yakuniy hujjati loyihasi va Afg‘oniston muammosini siyosiy hal qilish choralarini topish masalasi bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashildi”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Qayd etishlaricha, telefon muloqoti davomida Afg‘oniston markaziy hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlash lozimligi bo‘yicha umumiy fikr izhor etilgan.
Izoh (0)