Misrning Qizil dengiz viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudi narkotik moddalar kontrabandasida aybdor deb topilgan 12 kishiga nisbatan qatl hukmini o‘qidi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Sudlanuvchilarning yetti nafari Misr, besh nafari Yaman fuqarosidir.
Prokuratura ma’lumotlariga qaraganda, ayblanuvchilar Yamandan Misrning al-Qusayr portiga 113 kilogramm geroin olib kirish chog‘ida jinoyat ustida qo‘lga olingan.
O‘lim hukmi o‘qish oldidan Misr oliy muftiysining ruxsati olindi. Qonunchilikka binoan, barcha fuqarolik sudlarining o‘lim hukmini aynan u tasdiqlab berishi talab etiladi.
Izoh (0)