5-mart kuni turk artilleriyasi Suriya shimolidagi Afrin shahrini o‘qqa tutdi, deb xabar beradi “TASS”.
Shaharning o‘qqa tutilishi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi. Eng ko‘p halok bo‘lganlar soni Jinderesga to‘g‘ri keladi. Ushbu hududda 13 nafar tinch aholi vakili, xususan uch nafar yosh bola halok bo‘ldi.
Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bekir Bo’zdog’ning ma’lum qilishicha, hozirda Afrin hududining taxminan 50 foizi Turkiya qo‘shini nazoratida. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Zaytun novdasi” operatsiyasi boshlanganidan beri Anqara kurd terrorchilariga mansubligini taxmin qilgan 2795 nafar terrorchini yo‘q qilgan.
Izoh (0)