Polshaning Poznan shahrida gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni besh kishiga yetdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Portlash yuz bergan paytda to‘rt qavatli bino ichida 40 kishi bo‘lgan. 21 kishi yaralangan, ulardan uch nafarining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
Hodisa joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda.
Avvalroq portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)