AQSHning Missuri shtati gubernatori Erik Greytens shaxsiy hayot daxlsizligi buzilishida ayblov ilgari surilganidan so‘ng qo‘lga olindi. Bu haqda Sent-Luis prokurori Kimberli Gardener ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
The St. Louis Post-Dispatch nashriga ko‘ra, yanvar oyida matbuotda Greytens jazmaniga o‘rtalaridagi munosabatlar haqida so‘z ochgan taqdirda uning obro‘sizlantiruvchi fotolaridan foydalanish bilan tahdid qilgani haqida xabarlar paydo bo‘lganidan so‘ng gubernatorga nisbatan ayblov ilgari surildi.
Gubernator nikohsiz aloqani tan olgan, biroq tahdid bo‘lganini inkor etgan.
Greytens 2016-yil noyabrida gubernator etib saylangandi. Shtat qonunchilik yig‘ini a’zolari uni iste’fo berishga chaqirdi.
Izoh (0)