Meksikalik Xuan Pedro Franko 453 kilogrammgacha ozdi, deb yozadi The Daily Mail.
33 yoshli erkak oshqozon-ichak yo‘lida bir nechta operatsiyalarni boshidan o‘tkazdi va mashq qilish bo‘yicha qat’iy rejimga rioya qilmoqda.
2017-yilda Franko dunyodagi eng og‘ir odam sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan edi. O‘shanda uning vazni 590 kg edi. Bir yil avval meksikalik ortiqcha vaznga qarshi kurashishga qaror qildi. Pirovardida Franko ozib, yana divandan mustaqil turishni o‘rganishga umid qilmoqda.
Operatsiya oldidan Franko uch oylik parhezga o‘tirib, zarur darajada ozdi. 2017-yilning noyabrida jarrohlar uning oshqozonini ikki barobar kichraytirdi.
Izoh (0)