2016-yilda Rossiyaning Argentinadagi elchixonasidan 389 kg kokain topilgan, deb yozadi “Gazeta.ru” Argentina xavfsizlik vaziri Patrisiya Bullrichga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2016-yilning dekabrida elchixona huquq-tartibot organlariga murojaat qilib, elchixona maktabida kokain solingan bir nechta jomadon topilganini ma’lum qilgan. Rossiya va Argentina maxsus xizmatlari qo‘shma operatsiya o‘tkazib, narkotiklarni unga almashtirib qo‘ygan, jomadonlarga esa GPS-trekerlar o‘rnatgan.
“Narkotiklar Rossiyagacha yetib bormagan, u yerga un yetkazilgan”, — dedi Bullrich.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, narkotiklarni diplomatik pochta orqali Rossiyaga yuborish rejalashtirilgan. Ularning narxi qora bozorda qariyb 50 million yevroga teng bo‘lgan. Mahalliy OAVlar ma’lumotlari bo‘yicha narkotrafikka elchixona sobiq hisobchisi va yana bir necha rossiyaliklar aloqador bo‘lgan.
Izoh (0)