KXDRning BMTdagi doimiy vakolatxonasi tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterreshni Shimoliy Koreyaga qarshi xalqaro sanksiyalar haqidagi “o‘ylamasdan aytilgan gaplari” yordamida Pxenyan bilan nizoni keltirib chiqarishda aybladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Koreyalik diplomatlar Guterresh Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Koreya yarim orolini yadrosizlantirish jarayonini tezlashtirish uchun KXDRga nisbatan xalqaro sanksiyalarni saqlab qolish zarurligi haqida aytgan gaplarini tanqid qilib chiqdi. Ularning fikricha, BMT bosh kotibining gaplari “Pxenyan bilan nizo” keltirib chiqaradigan “bema’ni kazuistika (shubhali da’volarni ustalik bilan to‘g‘riga chiqarish)”dir.
“Koreya yarim orolida yadro masalasi AQShning aybi bilan paydo bo‘lgani va jiddiylashgani kundek ayon, buning uchun javobgarlikni AQSh to‘liq o‘z bo‘yniga olishi kerak”, — deya qo‘shib qo‘ydi diplomatlar.
Izoh (0)