Turkiya hukumati AQShga hamkorlikda Suriyaning Manbij shahriga harbiylarni joylashtirishni taklif qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Shuningdek, Turkiya tomoni “Xalq mudofaasi kuchlari” kurdlar otryadi Frot daryosidan sharq tomonga chekinishi kerakligini ham ma’lum qildi.
AQSh tomoni davlat departamenti rahbari Reks Tillersonning joriy haftada Anqaraga qilgan tashrifi chog‘ida qilingan mazkur taklifni ko‘rib chiqmoqda.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiya tomonidan Suriya shimolida o‘tkazilayotgan “Zaytun yaprog‘i” harbiy operatsiyasi Manbij shahriga qadar kengayishi mumkinligini bir necha bor ma’lum qilib, AQShdan u yerdan o‘z bo‘linmalarini olib chiqib ketishni talab qilgan edi.
Hozirda mazkur hudud “Suriya demokratik kuchlari” kurd koalitsiyasi nazorati ostida.
Ikki tashkilot ham Turkiyada terrorchilik guruhi hisoblanadi. “Xalq mudofaasi kuchlari” AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Izoh (0)