AQSH prezidenti Donald Tramp vafotidan so‘ng jannatga tushishni istayotganini va bunga Ukrainadagi mojaroni bartaraf etish bo‘yicha urinishlari yordam berishiga umid qilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.

“Men bu Ukrainadagi mojaro tugashini xohlayman. U yerda amerikalik askarlar emas, asosan ruslar va ukrainlar halok bo‘lmoqda. Agar men har hafta 7 ming kishining o‘ldirilishini to‘xtata olsam, bu ajoyib bo‘lardi deb o‘ylayman”, dedi.
Tramp jannatga tushishga umid qilayotganini ta’kidlagan, ammo uning so‘zlariga ko‘ra, “jannatdan joy olishni yaxshi uddalay olmayapti”.
“Lekin agar men baribir jannatga tusha olsam, bu Ukrainadagi mojaroni hal qilish sabablardan biri bo‘ladi”, dedi AQSH prezidenti.
Shuningdek, Tramp Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaroda qon to‘kilishini to‘xtatishga erishganini ham qo‘shimcha qilgan.
“Hindiston va Pokiston bilan bog‘liq vaziyatda ko‘plab odamlar hayotini saqlab qolganman deb o‘ylayman. Ular allaqachon urushga tayyorlanishgan, samolyotlarni urib tushirishgan edi. Agar men bunga yo‘l qo‘yganimda, bu yadro urushiga aylanishi mumkin edi. Men ikki tomon bilan ham muzokaralar olib bordim va ularga, toki janglar davom etar ekan, toki sulh tuzilmas ekan, ular bilan savdo bitimlari tuzmasligimni aytdim. Men ular bilan aloqaga chiqdim va tinchlikka erishdim”, dedi Tramp.
So‘nggi paytlarda Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini olish istagini ochiqchasiga bildirmoqda. Bir hafta oldin Oq uy uning nomzodini yetti davlat - Ozarbayjon, Armaniston, Gabon, Isroil, Kambodja, Ruanda va Pokiston tomonidan ilgari surilganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)