O‘sh shahrida O‘zbekiston—Qirg‘iziston biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov
O‘zbekiston Yoshlari umumjahon assosatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining O‘sh shahridagi bosh konsulxonasi hamkorligida o‘tkazilgan forumda taʼlim, tibbiyot, oziq-ovqat, to‘qimachilik va turizm sohalari vakillari ishtirok etdi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov
Forumning ochilish marosimida so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasining O‘sh shahridagi bosh konsuli Zafarbek Ahmedovning Ahmedovning taʼkidlashicha, joriy yil may oyida qirg‘izistonlik tadbirkorlar Farg‘ona, Andijon va Namanganda bo‘lib, vodiy viloyatlarida tashkil etilgan biznes-forumlarda qatnashgandi. O‘sh shahridagi anjuman ushbu tadbirlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

O‘zbekistonning O‘shdagi bosh konsuli Zafarbek Ahmedov
Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov
“Bosh konsulxona bu kabi hamkorlikdagi tadbirlarga alohida eʼtibor qaratmoqda. Shu yilning 6 oyi davomida ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan 30 dan ortiq tadbirlarga bosh-qosh bo‘ldik”, deydi Zafarbek Ahmedov.

Foto: Oqilxon Mamajonov
Forumda Study in Uzbekistan platformasini taqdim etgan Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi bo‘lim boshlig‘i Saidjalol G‘oziyevning bildirishicha, bugungi kunda ushbu veb-portaldan O‘zbekistondagi 150 dan ortiq OTM haqidagi maʼlumotlar va roliklar o‘rin olgan. Xorijlik abituriyentlar portal yordamida mamlakatda tahsil olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat etishlari mumkin. Bu kabi ko‘rgazmalar esa platforma imkoniyatlari haqida taqdimot qilish uchun qulay maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Foto: Oqilxon Mamajonov
Biznes-forum davomida ikki davlat vakillari tomonidan o‘nlab hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Izoh (0)