AQSh prezidenti Donald Tramp Milliy xavfsizlik agentligi (MXA) rahbari lavozimiga general-leytenant Pol Nakasone nomzodini ilgari surdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Nakasone nomzodini senat tasdiqlashi lozim. Tasdiqlangan taqdirda u AQSh qurolli kuchlari kiberqo‘mondonligini ham boshqaradi.
54 yoshli Nakasone 2016-yil oktabridan beri AQSh quruqlikdagi qo‘shinlari kiberqo‘mondonligini boshqarib kelmoqda. Bungacha Iroq va Afg‘onistondagi jangovar operatsiyalarda qatnashgan.
Izoh (0)