Amerika elchixonasining xodimi Meksikadagi Orisaba vulqonining cho‘qqisiga chiqish vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda diplomatik vakolatxonaga asoslanib Reuters agentligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Meksika favqulodda xizmat xodimlari vulqon tomon sayrga chiqqan elchixonaning ikki nafar xodimini qidirish bo‘yicha operatsiya o‘tkazgan. Sayrga chiqqanlardan biri halok bo‘lgan. Noxush hodisa aynan qaysi vaqtda sodir bo‘lgani noma’lum.
Orisaba — Meksikaning Puebla va Verakrus shtatlari chegarasi joylashgan uyqudagi vulqon. Uning balandligi 5,6 kilometrga teng.
Izoh (0)