AQShning Oklaxoma shtatida yashovchi ayol o‘z qizini qasddan qiynab o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm etildi, deb xabar beradi New York Post.
Qayd etilishicha, Xuanita Gomez qolgan hayotini qamoqda o‘tkazadi. Unda muddatidan avval ozodlikka chiqish imkoniyati bo‘lmaydi.
2017-yilning avgust oyida ayol 33 yoshli qizining qo‘l-oyog‘ini butga tortib mixlab, o‘ldirgan edi.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u qizini shayton vasvasasiga yo‘liqqan, deb hisoblagani uchun o‘ldirgan.
Izoh (0)