Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina rahbari Pyotr Poroshenko bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
“Ukraina prezidenti Rossiya prezidenti bilan telefon orqali suhbatida ukrainalik tutqunlarni ozod qilishni faollashtirish, xususan, asirliklikdagi chegarachilarni almashtirish, okkupatsiya qilingan hududlardagi ukrainalik harbiylarni qo‘yib yuborish masalalariga to‘xtaldi”, — deyiladi Poroshenkoning matbuot xizmati xabarida.
Ikki davlat yetakchisi 16-fevral kuni Myunxenda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Normand to‘rtligi” tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi tafsilotlarini ham muhokama qildi.
Izoh (0)