Fransiya armiya tomonidan tinch aholiga qarshi kimyoviy qurol qo‘llangani dalillari taqdim etilgan taqdirda Suriyaga o‘sha zahoti harbiy zarba berishga tayyor. Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Biz bu jinoyat sodir etilgan yoki tashkillangan manzilga zarba beramiz. Sodir etilgan qilmish jazosiz qolmaydi”, — dedi Makron jurnalistlarning Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanishiga Fransiyaning javobi haqidagi savoliga javoban.
Shu bilan birga, Makron Parij hozirgacha Suriyada bunday taqiqlangan qurollar qo‘llanganining ishonchli dalillariga ega emasligini ta’kidladi.
Izoh (0)