Nigeriyada maktab o‘quvchilari o‘tirgan yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi, oqibatda 22 o‘quvchi va haydovchi halok bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Ta’kidlanishicha, avtobusda Kano shahriga ekskursiyaga ketayotgan o‘rta maktab o‘quvchilari bo‘lgan.
Haydovchi yo‘ldagi o‘nqir-cho‘nqir joyni aylanib o‘tishga urinayotganida boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda yuk mashinasi bilan yuzma-yuz to‘qnash ketgan.
Yana uch kishi jiddiy jarohat olgan.
Izoh (0)