Arizona aholiga soliqlarni kriptovalyutada to‘lashga ruxsat bergan AQShdagi birinchi shtat bo‘ladi. Tegishli qonun loyihasi shtat senatorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun Arizona Vakillar palatasiga yuboriladi, deb yozmoqda EADaily.
Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar 2020-yilga qadar kiritiladi. Qonun loyihasiga ko‘ra, Arizona shtatining Daromadlar departamenti soliqlar yoki har qanday jarimalar uchun to‘lovlarni kriptovalyutada qabul qilgan taqdirda, ularni 24 soat ichida AQSh dollariga konvertatsiya qilishi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)