Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning korteji 10-fevralga o‘tar kechasi Amerikaning Kaliforniya shtatida YTHga uchradi. Tryudoga hech qanday jarohat yetmagan. Bu haqda KABC TV telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Tryudo Simi-Velli shahrida joylashgan Ronald Reygen kutubxonasida nutq so‘zlab qaytayotgan bo‘lgan.
Tadbirdan so‘ng, kutubxonadan olti kilometr narida Toyota haydovchisi Kanada bosh vazirini kuzatib borayotgan mototsikl bilan to‘qnashib ketgan. Ta’kidlanishicha, Tryudo o‘tirgan avtomobil boshqa mashina bilan to‘qnashmagan. Toyota haydovchisi va uning ichida bo‘lgan ayol hamda bolakay shifoxonaga yetkazilgan. Mototsikl haydovchisiga esa jiddiy jarohat yetmagan.
Izoh (0)