“O‘zbekneftgaz” va Shenergy Company Limited (Xitoy) kompaniyasining vakillari o‘zaro muzokara o‘tkazdi, deb xabar berdi UzDaily. Uchrashuvda O‘zbekistonning neft va gaz tarmog‘i vakillari hamda Shenergy Company Limited kompaniyasining mutaxassislari ikki tomonlama va o‘zaro manfaatli hamorlikni muhokama qildi.
Tomonlar mazkur kompaniya tomonidan O‘zbekistonda qazib olayotgan gazni yetkazib berishda “O‘zbekiston—Xitoy” gaz quvuridan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqdi.
Shuningdek, xitoylik vakillari gaz yetkazib berish bo‘yicha Shenergy Company Limited kompaniyasining tajribasini hamda Xitoyning sanoat korxonalari imkoniyatlarini o‘rganish uchun ishchi guruhini O‘zbekistondan Xitoyga yuborish taklifi kiritdi.
Shenergy Company Limited kompaniyasi gaz, gaz kondensati va neftni qazib olish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, qayta ishlash, energetik obyektlarni qurish va boshqarish bilan shug‘ullanadi. Shuning uchun kompaniya O‘zbekistondagi gaz konlarini topishga qaratilgan geologiya-razvedka loyihalarida ishtirok etishni istaydi.
Izoh (0)