O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtda barpo etilayotgan “Navro‘z” madaniyat va istirohat bog‘i loyihalari bilan tanishdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Anhor bo‘yida bunyod etilayotgan bu bog‘da “Navro‘z” bayrami tantanalari, madaniy tadbirlar o‘tkazishga mo‘ljallangan amfiteatr, qadimiy hovlilar, ustaxonalar, ayvonlar, choyxonalar va milliy an’analar aks etgan etnografik shaharcha quriladi.
Navro‘zda madaniyatimiz va qadriyatlarimizning barcha jihatlari namoyon bo‘ladi. Bu bog‘ ana shu boy milliy merosimizni tarannum etadigan joy bo‘lishi kerak. Bu yerga sayyohlar ham ishtiyoq bilan kelishi, o‘zini xuddi o‘zbek mahallasida yurgandek his qilishi zarur. Har bir bino, o‘tkaziladigan har bir tadbir o‘sib kelayotgan yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘zligini anglashga hissa qo‘shishi lozim.Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiPrezident loyihalarni yanada takomillashtirish, Navro‘z bayramini xalq sayli tarzida o‘tkazish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
Izoh (0)