Londonda Sotheby's zargarlik do‘konining ochilishiga bir yil to‘lishi munosabati bilan Sotheby's auksion uyi eng kamyob oq olmosni namoyish etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Bu tosh yagona dumaloq olmos bo‘lib, uning vazni 100 karatni tashkil qiladi, shuningdek, u rangi, tozaligi va tarkibi jihatdan ham mukammal hisoblanadi.
Olmosning rangi shaffof, rangsiz ko‘rinuvchi havorang-oq bo‘lib, oq olmos uchun eng yuqori sifat sanaladi.
Mashhur Buyuk Britaniya tojining mulki hisoblanuvchi Kullinan va Kohinur olmoslari qatorida mazkur olmos dunyodagi zargarlik buyumlarining ikki foizi kiradigan kamyob guruhga kiradi.
Izoh (0)