Dog‘istonlik deputatlar 7-fevral, chorshanba kuni Artyom Zdunovni respublika bosh vaziri lavozimiga tasdiqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
40 yoshli Zdunov Tatariston iqtisodiyot vaziri bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Shu kunning o‘zida Dog‘iston hukumatining ayrim a’zolari ham tayinlandi. Jumladan, Anatoliy Karibov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, Usmon Xasbulatov iqtisod, Ummufozil Umarova ta’lim va fan vaziri lavozimini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, 5-fevral, dushanba kuni Dog‘iston bosh vaziri Abdusamad Gamidov, uning o‘rinbosarlari Shomil Isayev va Rayudin Yusufov, sobiq ta’lim vaziri Shohabbos Shoxov budjet mablag‘larini o‘marishda gumon qilinib, hibsga olingandi.
Izoh (0)