Pekinda joriy yil yanvar oyida atmosfera ifloslanishining 5 yil mobaynidagi eng past darajasi qayd etildi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Havodagi zararli zarralarning o‘rtacha darajasi bir kub metrga 34 mikrogrammni tashkil etdi.
Taqqoslash uchun, 2017-yil yanvarida bu ko‘rsatkich 116 mikrogrammga teng bo‘lgandi.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan xavfsiz ko‘rsatkich bir kub metrga 25 mikrogrammdan iborat.
Izoh (0)