Finlyandiya qirg‘oqlari yaqinida faqat ayollar borishi mumkin bo‘lgan xususiy orol tashrif buyuruvchilar uchun ochiladi. Loyiha SuperShe deb nomlangan va tashrif buyuruvchilarni qabul qilishga tayyor, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Loyiha asoschisi Kristina Rotning aytishicha, faqat ayollar uchun mo‘ljallangan joy yaratish g‘oyasi unda uzoq vaqtdan beri bo‘lgan. U yaxshi ko‘rgan yigitining ota-onasiga tegishli orol yaqinidagi orolni sotib olgan. Uning maqsadi ayollar uchun erkaklarsiz dam oladigan va vaqtini o‘tkazadigan joy yaratish edi.
Dastlabki dam oluvchi ayollarning 2018-yil iyul oyidan boshlab orolga kelishi kutilmoqda.
Izoh (0)