Rossiyada 1991-yili o‘limga hukm qilingan va keyinchalik jazosi umrbod qamoqqa almashtirilgan Anvar Masalimov ozodlikka chiqdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
U Rossiyadagi eng qattiq tartibli koloniyalardan biri — “Qutb boyqushi”da jazosini o‘tayotgandi.
Qotillik jinoyati uchun 15 yil o‘tirib chiqqan Masalimov 1991-yili Tomsk viloyatining Komsomolsk posyolkasida unga boshpana bergan pensionerni bo‘g‘ib o‘ldirgandi. Jazoni o‘tash chog‘ida u qariyaning mast holatda o‘ldirganini bildirib, chiqarilgan hukm ustidan bir necha bor shikoyat yo‘lladi.
Vologda viloyat sudi jazoni yumshatish mumkin deb hisobladi va Masalimovga shartli ravishda muddatidan oldin ozod bo‘lish imkonini berdi. Bu Rossiyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan mahbus ozodlikka chiqishi bilan bog‘liq birinchi holat.
Masalimov hozirda Moskvada bo‘lib turibdi. U qolgan umrini rohiblikka bag‘ishlash niyatida ekanligi bildirilmoqda.
Izoh (0)