Nyu-Yorkda istiqomat qiluvchi 11 yoshli Entoni Peres 12 yoshli do‘sti Xuan Amperresni muzli hovuzdan qutqaraman deb halok bo‘ldi. Bu haqda The Daily Mail’ga tayanib, Last24 xabar berdi.
Noxush hodisa Mertl-avenyudagi Forest bog‘ida sodir bo‘lgan. Bolalar maktabdan so‘ng, bog‘da o‘ynagan va ulardan biri suvga tushib ketgan. Peres do‘stiga yordam berib, uni qutqarib olgan, biroq hovuzga o‘zi tushib ketgan.
Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar bolani muzli suv changalidan qutqarib olishga harakat qilgan. Suvdan chiqarib olingan bolakay nafas olmayotgani ma’lum bo‘lgan. U darhol shifoxonaga jo‘natilgan, biroq bolakayga u yerda o‘lim tashxisi qo‘yilgan.
Nashrning aniqlik kiritishicha, ikkita qutqaruvchi sovuq qotganligi sabab shifoxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)