Dunyodagi eng ommabop kriptovalyuta bo‘lgan bitkoinning narxi o‘sish tempiga qaytishdan oldin to‘rt yoki besh ming dollargacha tushishi mumkin. Bu haqda ekspertlar fikriga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Bunda ekspertlar bitkoin savdolari dinamikasining o‘zgarishi bozor omillariga, xususan dunyodagi tartibga soluvchilarning bayonotlariga bog‘liqligi haqida ogohlantirmoqda. Shunday qilib, salbiy xabarlar pasayish trendini uzoq vaqt davomida saqlab qolishi mumkin.
Bitkoinning narxi ayni paytda olti ming dollardan pasaygan bo‘lib, bir sutkada o‘z qiymatining chorak qismini yo‘qotdi va dekabrdagi narxdan uch baravar arzonlashdi.
Izoh (0)