Dog‘iston rahbari vazifasini bajaruvchi Vladimir Vasilev respublika hukumatini iste’foga chiqardi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hukumat raisi vazifasini vaqtincha bajarish Anatoliy Karibov zimmasiga yuklatildi.
FXX xodimlari 5-fevral, dushanba kuni bosh vazir vazifasini bajaruvchi Abdusamad Gamidov, bosh vazir o‘rinbosarlari vazifasini bajarayotgan Shomil Isayev va Rayudin Yusufov hamda sobiq ta’lim vaziri Shohabbos Shoxovni ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish uchun ajratilgan budjet mablag‘larini o‘zlashtirish ishi doirasida qo‘lga oldi.
Dog‘istonga yanvar oyida qonunlarga rioya etilishini o‘rganish uchun Moskvadan maxsus komissiya kelgandi. Uning ishi davomida Maxachqal’a meri Musa Musayev va shahar bosh me’mori Muhammadrasul Gitinov ham qo‘lga olindi.
Izoh (0)