AQSh prezidenti Kongressdagi nutqi davomida qarsak chalmagan demokratlarning harakatini “xoinlik” deb baholadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Buni xoinlik deyish mumkinmi? Nega shunday bo‘lmasin? Ular bizning mamlakatni unchalik sevmaydigan ko‘rinadi. Xuddi murdalardek turishdi, o‘zlarini Amerikaga xos bo‘lmagan tarzda tutishdi”, — dedi Tramp.
Trampning o‘tgan haftadagi Kongressga murojaati davomida respublikachilar uni olqishlab turdi, demokratlar esa bundan tiyildi. Prezident o‘ziga salkam 6 daqiqa qarsak chaldi.
Izoh (0)