Leningrad viloyatining Tixvin — Novaya Ladoga trassasidagi avariya qurbonlari soni 9 kishiga yetdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Oldinroq 6 kishi halok bo‘lgani bildirilgandi.
Mikroavtobus va yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda halok bo‘lganlarning barchasi mikroavtobus yo‘lovchilari va haydovchisi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Vologdadan yo‘lga chiqqan mikroavtobus qarama-qarshi tomonga chiqib ketgan va yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Mashina haydovchisi kasalxonaga yetkazildi.
Yo‘l xizmati xodimlari trassaning YTH sodir bo‘lgan qismiga muzlanishga qarshi vositalar bilan ishlov berilganini aytmoqda.
Izoh (0)