Rimda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Italiyaga tashrifi tufayli tartibsizliklar yuzaga keldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Bu yerda ruxsat berilgan norozilik aksiyasiga kelgan kurd namoyishchilari bilan politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi.
“Erdo‘g‘on — jallod” shiorini ko‘tarib olgan bir guruh Avliyo Pyotr cherkovi tomonga o‘tishga urindi, bunga javoban politsiya kuch ishlatdi.
Guvohlarga ko‘ra, bir kishi jabrlandi, ikki namoyishchini politsiya hibsga oldi.
Izoh (0)