Eron prezidenti ma’muriyatining Tehrondagi binosi yonida noma’lum shaxs otishma uyushtirdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Biz hozirda otishma uyushtirgan erkakning shaxsini va uning nima sababdan bu harakatni sodir etganligini aniqlashga harakat qilyapmiz”, — deydi Tehron shahri meri o‘rinbosari Muhsin Hamadoniy.
Qayd etilishicha, noma’lum erkak binoning kiraverishida otishma sodir etgan. Qo‘riqlash xizmati uni qurolsizlantirgan va politsiyaga topshirgan.
Izoh (0)