Ummonda 1-martdan boshlab ayollar taksi hayday oladi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bungacha mamlakatda faqat erkaklar taksichi bo‘lishi mumkin edi.
“Ummon hukumati ishga joylashishda ayollarga erkaklarniki bilan teng huquqlarni taqdim etishga intilmoqda”, — deyiladi sultonlik politsiyasi bayonotida.
Ta’kidlanishicha, ayollar va erkaklar boshqarayotgan avtomobillar ranglari bilan farqlanib turadi — ayollar pushti va havorang mashinalarni haydaydi.
Izoh (0)