Pekin Vashingtonning Xitoy yadro aslahalari o‘ta kuchaytirilayotgani va bu davlat yadro tahdidi mavjudligi haqidagi da’volari munosabati bilan norozilik bildiradi. Bu haqda Xitoy mudofaa vazirligi rasmiy vakili Jen Gotsyan ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Pentagon “Yadro quroli miqdori va tarkibi tahlili” nomli hisobotni e’lon qilgan, unda Xitoy yadro salohiyati rivojlanishi haqida mulohazalar bildirilgandi.
“Hisobotda Xitoy yadro tahdidi haqida mubolag‘a qilingan. Biz har qanday vaziyatda ham birinchi bo‘lib atom qurolini qo‘llamaymiz. AQSh tomoni sovuq urush davri fikrlashidan voz kechadi va Xitoyning strategik rejalariga to‘g‘ri baho beradi, degan umiddamiz”, — ta’kidladi Jen Gotsyan.
Izoh (0)