AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp turmush o‘rtog‘i, prezident Donald Tramp bilan Floridaning Palm-Bich aeroportida suratga tushishdan bosh tortdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Protokolga ko‘ra, davlat rahbari va uning rafiqasi aeroportda samolyot trapidan pastga tushganidan so‘ng foto uchun biroz to‘xtashi lozim.
Biroq birinchi xonim bu gal unday qilmadi: Trampga hatto qo‘l ham bermay, o‘g‘li bilan to‘g‘ri prezident korteji avtomobiliga yo‘l oldi.
Tramplar oilasi Mar-a-Lago qarorgohiga joylashish uchun Palm-Bichga kelgandi.
Izoh (0)