Pokiston shimolida joylashgan Svat okrugidagi harbiy qismga terrorchi-xudkush uyushtirgan hujum oqibatida kamida 11 nafar harbiy halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat armiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
3 nafar harbiy voqea joyida halok bo‘ldi, 7 nafari olingan jarohatlar tufayli keyinchalik olamdan o‘tdi. Yana bir harbiyning o‘limi tafsilotlari ma’lum emas.
Jangari harbiy qismning sport maydonida portlashni amalga oshirdi. Hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Pokiston bosh vaziri Shohid Abbosiy qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.
Izoh (0)